2019 yilning 11 martdan 17 martgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 754 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 3,4 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinchi va 25% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Samarqand avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 24% ga teng.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent va Toshkent viloyatining avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Keyingi o‘rin Buxoro viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 45% ga teng.