1−7 aprelga qadar bo’lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 536 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,1 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 29% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 20% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 14% ulush bilan joylashdi.

Keyingi o‘rin Namangan va Xorazm viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 12% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 42% ga teng.