Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftmahsulot” AJning 100% ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berildi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi “PT Trans Asia Resources” (Indoneziya) xorijiy kompaniyasining investitsiyalarini jalb etgan holda modernizatsiya qilinadi.
“PT Trans Asia Resources” kompaniyasi zavodni modernizatsiya qilib, to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, keyinchalik foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalardan iborat konsorsium tashkil etiladi.
Keyinchalik zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xorijiy investorga sotiladi
Zavodning ustav kapitalidagi davlat ulushi Hukumat shartlari asosida Indoneziyaning “PT Trans Asia Resources” kompaniyasiga sotiladi.
Foto: fnpz.uz
«Spot»
- 1 155
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 21:12 Qonunchilik
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh chegarasini 30 yoshgacha pasaytirish taklif qilinmoqda
Qaror qabul qilishda sudyalarning siyosiy qarashlardan mustaqilligi prinsipi belgilanmoqda.
Kecha, 20:00 Iqtisodiyot
O‘zbekiston pensiya tizimidagi islohotlar: Nimalar o‘zgaradi va u kimlarga ta’sir qiladi?
Murodbek Atadjanov Spot’ga bergan intervyusida taklif etilayotgan o‘zgarishlar, eskirgan tartib muammolari hamda yoshlar kelajakda minimal pensiyaga tayanib qolmasliklari uchun bugun qanday qadamlar qo‘yishlari kerakligiga to‘xtaldi.
Kecha, 18:12 IT
Bill Geyts sun’iy intellekt rivojlanishini sekinlatishga chaqirdi
Microsoft asoschisiga ko‘ra, SI’ni to‘xtatish emas, uning rivojlanish tezligini jamiyatning unga tayyorlanish tezligiga moslashtirish kerak.
Kecha, 18:05 Iqtisodiyot
Uzum 600 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarining beshinchi emissiyasini joylashtirdi
Kuni kecha kompaniya daromadliligi 8,5% bo‘lgan $50 mlnlik valyuta obligatsiyalarining debyut emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Kecha, 17:46 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:15 Biznes
Muhim minerallar, sun‘iy intellekt va farmatsevtika: Shavkat Mirziyoyev koreys biznesiga takliflar bildirdi
Janubiy Koreya kompaniyalari misni qayta ishlash, avtomobil va elektromobil sanoati, robototexnika, energetika sohalaridagi loyihalarga jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Kecha, 15:18 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi
Kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgan mutaxassislarga 5 yil muddatga berilib, malaka toifasi berish amaliyoti bekor qilinadi.
Kecha, 15:18 Iqtisodiyot
Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida ikkita gastronomik hudud tashkil etiladi
Xususiy hamkor oshxona va savdo shoxobchalari tashkil etish uchun $1 mlngacha investitsiya kiritishi kerak bo‘ladi.