2019 yilning yanvar-mart holatiga aholi umumiy daromadlari 64,9 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 1,9 mln. so`mga yetdi.

Yollanma ishchilarning daromadlari 28,9%ga oshdi va aholi umumiy daromadlaridagi ulushi 32,4%ni tashkil etdi. Bu haqda davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori nominal o`sish sur’ati Jizzax (135,3%), Namangan (133,2%) va Samarqand (132,5%) viloyatlarida, eng pasti esa Qashqadaryo (124,7%) va Navoiy (124,5%) viloyatlarida qayd etildi.

Shuningdek, aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 54,9%ni tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning hudud aholi umumiy daromadlaridagi ulushi turlicha: eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (63,0%) kuzatilgan bo’lsa, eng kam ulush esa Qoraqalpog’istonda (45,3%) qayd etildi.