15−19 aprel kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 22 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 57 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 22ta davlat mulki obyekti 7 mlrd 400 mln. so‘m investitsiya kiritish, 201ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 423 mln. so‘mga sotildi. Bundan tashqari 8 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 26 mlrd. 582 mln. investitsiya kiritish va500 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 913 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 43 yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 57ta obyekt 12 mlrd 436 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 44ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.