Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekistondagi ayrim turdagi litsenziyalarni javobgarlikni majburiy sug’urta qilish bilan almashtirishni taklif qilmoqda.

“Raqobat 4.0” munozarasi platformasida qo’mita raisining o’rinbosari Farrux Qoraboyev javobgarlikni sug’urtalash yanada samarali vosita ekanligini ta’kidladi.

“Litsenziya talablarini buzish mumkin. Bunday holda litsenziat litsenziyani yo’qotadi. U yana boshqa nom bilan ro’yxatdan o’tishi va litsenziyani qaytatdan oli ishlashni davom ettirshi mumkin. Javobgarlikni majburiy sug’urtalash bilan esa, majburiy sug`urtalanadigan faoliyat turi amalga oshirishning talablarini buzganda ho`jalik yurituvchi subyekt o’z mablag’iga xatar yaratadi”, — dedi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisining o’rinbosari.

Ta’kidlanishicha, talablarning har qanday buzilishi sug’urta hodisasi bo`ladi va u vujudga kelgan holatda davlatga, biznesga yoki fuqarolarga yetkazilgan zararni sug`urta kompaniyasi qoplaydi.

Shuningdek, u qo’mita litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar turlarini qisqartirish bo’yicha aniq takliflar tayyorlanganini ma’lum qildi.

Qoraboyevning so’zlariga ko’ra, bugungi kunda biznesga haddan tashqari tartibga soluvchi yuk tushmoqda. Litsenziyalash jarayoni sezilarli darajada kamayganiga qaramasdan, bugungi kunda 53ta litsenziyalanadigan faoliyat turlari doirasida 300 turdan ortiq ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud.

Qo’mita ularning sonini 30%ga qisqartirishni taklif qiladigan hujjatni ishlab chiqdi.