Joriy yilning 22−26 aprel kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarda boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatdagi 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Masalan, Andijon shahri, Ahmadbekhoji ko‘chasi 78-uydagi binoning 474,44 kv.metrga teng bo‘lgan qurilish osti maydoni 291 mln. so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi 1,5 yil ichida 200 mln. so‘m investitsiya kiritish hamda 15 ta ish o‘rni yaratish majburiyatini qabul qildi.
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Beshariq qishlog‘i “Nurli maskan” mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 0,076 gektarga teng bo‘lgan va 45 mln. so‘mga sotilgan bino bo‘yicha auksion g‘olibi 6 oy ichida 800 mln. so‘m investitsiya kiritish hamda 12 ta ish o‘rni yaratish majburiyatini oldi.
Hozirgacha 598 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatda 374 mlrd. 544 mln. so‘mlik investitsiya kiritish hamda 6840 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 456 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti 282 mlrd. 741 mln. so‘m investitsiya kiritish va 5001 ta yangi ish joyi ochish sharti bilan 15 mlrd. 930 mln. so‘mga sotilgan.
Endilikda 142 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi. Ularga 91 mlrd. 803 mln. so‘mlik investitsiya jalb qilish, 1846 ta yangi ish o‘rni barpo etish ko‘zda tutilgan.
Auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 25 ta davlat mulki obyekti sotildi
Endilikda 142 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 1 126
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 15:36 Iqtisodiyot
Ilon Mask AQSH ma’muriyati bilan rasmiy hamkorlikka qaytyapti
U Pentagonning kelajakdagi urushlarni o‘rganishga qaratilgan Project Meridian loyihasiga hamraislik qiladi.
Bugun, 14:58 Iqtisodiyot
Turkmaniston xorijliklar uchun elektron viza va onlayn ro‘yxatdan o‘tishni yo‘lga qo‘ydi
Yangi tizimlar 1-oktabrdan ishga tushdi. Elektron viza tizimi orqali chet el fuqarolari mamlakatga kirish uchun internet orqali ruxsat so‘rashi mumkin.
Bugun, 14:34 Iqtisodiyot
Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi bo‘yicha ekologik ekspertizaning ikki bosqichi yakunlandi
Ekologiya qo‘mitasi Sea Breeze hududida o‘tkazilgan tekshiruvlarda ekologik talablar buzilishi holatlari aniqlanmaganini ma‘lum qildi.
Bugun, 14:16 Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Trampga Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bugun, 13:00 Biznes
Nima uchun marketpleysdagi reklama ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda samaraliroq ishlaydi?
Uzum E-com'ning reklama monetizatsiyasi bo‘yicha direktori Shamil Valishev nima uchun marketpleyslardagi reklama xarid qilishga tayyor auditoriya bilan aniqroq ishlashi va retail media odatiy digital-kanallardan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirib berdi.
Bugun, 12:57 Energetika
O‘zbekiston avgustda Rossiya va Turkmanistondan gaz importini besh baravar oshirdi
Avgust yakunlariga ko‘ra, Xitoyga tabiiy gaz eksporti 9% ga, yil boshidan buyon esa qariyb 35% ga kamaydi.
Bugun, 12:42 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Ummon preferensial savdo va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha bitimlar tayyorlaydi
Tomonlar logistika, energetika, xomashyoni qayta ishlash, ishlab chiqarish va ma‘lumotlar markazlarini tashkil etish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.
Bugun, 12:14 Ta'lim
O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi
Talabalar o‘qish davomida korxonada ishlab, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan oylik oladi, bitirgach esa ushbu korxonada kamida ikki yil ishlashi kerak bo‘ladi.