Davlat soliq qo’mitasi yanvar-aprel oylari yakunlarini sarhisob qildi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur davrda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari soni 6,2 barobar oshdi — bu 41,7 mingta tadbirkorlik subyekti demakdir.

Yer solig’i to’lovchilari soni 5,8 barobar ortib, 74,7 mingtaga yetdi, mol-mulk solig’i to’lovchilari esa 65 mingtaga yetdi (7 b.).

Ushbu davrda suv solig’i to’lovchilari 50,9 mingtaga yetib, 14,8 baravarga oshdi. Foyda solig’i to’lovchilari soni 4,7 barobar ortib, 35,5 mingtaga yetdi.

Shuningdek, daromad solig’ini to’layotgan jismoniy shaxslar soni 4,8 mln kishiga yetdi, ya’ni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 456 mingga oshdi.

Natijada byudjetga soliq tushumlari 25,2 trln. so’mni tashkil etdi, o’tgan yilning mos davrida 15,3 trln so’m tushum bo’lgan.

Ilgari Spot O’zbekiston soliq tizimini takomillashtirishga tayyorgarlik ko’rilayotgani va tizimda bir qator tartiblarni o’rnatish taklif etilayotgani haqida xabar bergan edi.