10 iyundan 16 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 728 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 22,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,2% ikkinchi va 29,4% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 439,2 mlrd so‘mdan 922,5 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 553,9 ming $dan 4,9 mln $gacha oshdi.

Ilgari Spot onlayn auksionda birinchi “chiroyli” mobil telefon raqami sotilgani haqida xabar bergan edi.