2019 yil yanvar oyida Spot O’zbekiston banklaridagi avtokreditlar bo’yicha ma’lumot bergan edi. O’shanda 2018 yil kuzgi kuzatuv bilan taqqoslaganda juda ko‘p o‘zgarishlar (ba'zi banklarda avtokredit berish to’xtatildi, shartlar va foiz stavkalari o‘zgardi) bo’lgani ma’lum qilindi.

Fevral oyida Markaziy bank regulyator yangi avtomobillarni sotib olish uchun kredit berishda banklarni cheklamagani, biroq bunday banklarning ustav kapitaliga qo’shimcha talablar joriy qilgani (chunki bu kabi kreditlarni yuqori xatarli deb hisoblaydi) ma’lum bo’ldi.

“Avtokredit berishga to’g’ridan-to'g'ri ta’qiq yo’q. Biz avtokreditlar bo’yicha xatar darajasini oshirdik, shuning uchun banklarga talablarni kuchaytirdik. Biz bu masalaga makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan yondashishimiz kerak. Yangi avtomobillarni xarid qilish uchun kreditlash rivojlanayotgan paytda biz ikkilamchi bozorni o’ldiramiz”, deya izoh bergan edi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.

Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko’p o’zgarishlar bo’ldi: ayrim banklar yana avtokreditlar berishni boshladi, ba’zilari to’xtadi, shartlar o’zgardi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

O‘zbekiston milliy banki

Foiz stavkasi — 28%. Kreditning maksimal miqdori — 70%gacha, boshlang‘ich to‘lov — 30%. Garov sifatida avtomobilning o‘zi qo‘yiladi. Kalkulyatsiya bor.

“O‘zsanoatqurilishbank”

Bu yerda yengil avtomobillarni xarid qilish uchun EKIHning 1000 barobarigacha bo‘lgan hajmda 12 oy muddatga kredit olish mumkin. Foiz stavkasi — 30%. Saytda kalkulyatsiya mavjud.

“Turonbank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqadi. Agar to‘lov miqdori 25%dan to 35%gacha bo‘lsa, u holda stavka 30%, agar 35−50% bo‘lsa, unda 28%, agarda 50%dan ko‘p bo‘lsa, u holda 26%.

Shuningdek, avtokredit 1 yil muddatga (uzaytirish huquqisiz) 35% boshlanng‘ich badal shakllantirilgan holda yillik 25% stavkada ajratiladi.

“Aloqabank”

Kreditlar yillik foiz stavkasi muddatdan kelib chiqadi:

  • to‘lov 30% — 1 yilgacha, 26% yillik;
  • to‘lov 30% — 1−2 yilgacha, 27% yillik;
  • to‘lov 30% — 2−3 yilgacha, 28% yillik;

“Ipak Yo‘li” banki

Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 25% ni tashkil etadi, foiz stavkasi — 23,8%. Kreditning maksimal miqdori — 250 mln so’m.

“Asia Alliance Bank”

Kredit avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, agar to‘lov 25%dan 49%gacha bo‘lsa, unda stavka 27%ni tashkil etadi. Agar to‘lov 50%dan 74%gacha bo‘lsa, unda stavka 26% bo‘ladi, agarda 75% va undan yuqori bo‘lsa, u holda 25%ni tashkil etadi.

“InfinBANK”

Kredit 12 oygacha muddatga beriladi, foiz stavkasi boshlang’ich to’lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 25% bo’lganda stavka — 29%;
  • to‘lov 40% bo’lganda stavka — 28%;
  • to‘lov 50% bo’lganda stavka — 27%.

“Davrbank”

Kreditlar 36 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Foiz stavkasi boshlang’ich to’lovdan kelib chiqib belgilanadi:

  • to‘lov 50% bo’lganda stavka — 18%;
  • to‘lov 40% bo’lganda stavka — 23%;
  • to‘lov 35% bo’lganda stavka — 26%.

“Ravnaq-bank”

Kreditlar 1 yildan 3 yilgacha beriladi. Foiz stavkasi 30%, 1 yilgacha 28%, uch yilgacha — 32%. Kredit miqdori cheklanmagan.

“Ipoteka-Bank”

Foiz stavkasi 25%. Summasi va miqdori oldingidek qoldi — EKIHning 700 barobarigacha. Kredit 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang’ich to’lov — 30%.

“Orient Finans” bank

Avtokreditlar 300 milliondan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 4 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 25% bo‘lsa, stavkasi 28%, 40% bo’lganda — 27%, 50% va undan ko‘p bo‘lsa — 26% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Kredit 24 oygacha beriladi. Qolgan shartlar oldingidek — EKIHning 1000 barobarigacha, minimal 30% boshlang‘ich to‘lov, minimal foiz stavkasi 30%. Ikkilamchi bozor avtomobillari uchun shartlar boshqacharoq.