Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Dorilarni faqat farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassislar chakana sotishi mumkin.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalar bilan dorilar va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotishda dorixonalar veb-saytlar va mobil ilovalarda bir qator ma’lumotlarni joylashtirishi kerakligi belgilandi.
Xususan, veb-saytlar va mobil ilovalarda sotiladigan dorilar va tibbiy buyumlar haqida ma’lumot, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, narxi, ularning analogi haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Retsept asosida dorilar berilganda farmatsevt retseptning yirtma koreshogiga berilgan dorining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampini qo‘yib bemorga beradi.
Dorilar elektron retsept bilan berilganda yuqoridagi ma’lumotlar “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi"ga kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dorilarni sotish mumkinligi belgilandi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 603
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 18:12 IT
Bill Geyts sun’iy intellekt rivojlanishini sekinlatishga chaqirdi
Microsoft asoschisiga ko‘ra, SI’ni to‘xtatish emas, uning rivojlanish tezligini jamiyatning unga tayyorlanish tezligiga moslashtirish kerak.
Bugun, 18:05 Iqtisodiyot
Uzum 600 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarining beshinchi emissiyasini joylashtirdi
Kuni kecha kompaniya daromadliligi 8,5% bo‘lgan $50 mlnlik valyuta obligatsiyalarining debyut emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Bugun, 18:00 Iqtisodiyot
O‘zbekiston pensiya tizimidagi islohotlar: Nimalar o‘zgaradi va u kimlarga ta’sir qiladi?
Murodbek Atadjanov Spot’ga bergan intervyusida taklif etilayotgan o‘zgarishlar, eskirgan tartib muammolari hamda yoshlar kelajakda minimal pensiyaga tayanib qolmasliklari uchun bugun qanday qadamlar qo‘yishlari kerakligiga to‘xtaldi.
Bugun, 17:46 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:15 Biznes
Muhim minerallar, sun‘iy intellekt va farmatsevtika: Shavkat Mirziyoyev koreys biznesiga takliflar bildirdi
Janubiy Koreya kompaniyalari misni qayta ishlash, avtomobil va elektromobil sanoati, robototexnika, energetika sohalaridagi loyihalarga jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Bugun, 15:18 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi
Kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgan mutaxassislarga 5 yil muddatga berilib, malaka toifasi berish amaliyoti bekor qilinadi.
Bugun, 15:18 Iqtisodiyot
Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida ikkita gastronomik hudud tashkil etiladi
Xususiy hamkor oshxona va savdo shoxobchalari tashkil etish uchun $1 mlngacha investitsiya kiritishi kerak bo‘ladi.
Bugun, 14:44 IT
Yevropa Ittifoqida 13 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Tegishli qonun loyihasi 17-sentabr kuni taqdim etilishi kutilayotgan bo‘lib, unda bolalarni internetda yoshiga qarab bosqichma-bosqich himoya qilish nazarda tutilgan.