GM Uzbekistan kompaniyasi nomini UZAUTO MOTORS’ga o’zgartirdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlari darak beradi.

Kompaniya o’z nomini o’zgartirishi haqida fevral oyida ma’lum bo’lgan edi. Nomni UZAUTO MOTORS’ga o’zgartirish to’g’risidagi qaror 25 iyunda qabul qilindi.

GM Uzbekistan nomini “O'zavtosanoat” “General Motors” kompaniyasining ulushini sotib olganligi uchun o’zgartirdi.

GM Uzbekistan 2008 yil 21 fevralda Asakaning avtomobil zavodida tashkil etildi. Bu korxona O’zavtosanoat AK General Motors korporatsiyasi bilan hammuassislikda vujudga kelgan.