9−11-dekabr kunlari CAEx Uzbekistan majmuasida sanoat va qurilish uchun innovatsion materiallar hamda texnologiyalar xalqaro forumi — IMTECH 2026 bo‘lib o‘tadi. Unda ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va developerlar kimlar bilan uchrashishi hamda nima sababdan aynan hozir shaxsiy stend haqida o‘ylab ko‘rish uchun ayni muddao ekanligi haqida gapirib beramiz.
Bozor raqamlarda
Qurilish va sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy drayverlari bo‘lib qolmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatda 339,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan — bu bir yil avvalgiga nisbatan 12,3%ga ko‘pdir. Fuqarolik obyektlari qurilishi yanada jadal o‘smoqda: ushbu to‘qqiz oyda ko‘rsatkich 63,8 trln so‘mni va o‘sish 29,3% ni tashkil etdi.
Sanoat tarmog‘ida yanvar-sentyabr oylarida 1085,7 trln so‘mlik (+8,1%) mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 943,2 trln so‘mi qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi. Mamlakatda 66 mingga yaqin sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Yirik zavodlar tomonidan yetti oy ichida 12,1 mln tonna sement ishlab chiqarildi; vaholanki, ikki yil muqaddam xuddi shu davrda bu ko‘rsatkich 9 mln tonna atrofida edi.
Bu raqamlar ortida xomashyo, butlovchi qismlar, uskunalar va tayyor materiallarga bo‘lgan muntazam talab turibdi. IMTECH esa kimyo sanoatidan tortib, avtomatlashtirish va qurilish maydonigacha bo‘lgan aynan shu yaxlit zanjirni bitta maydonda jamlaydi.
Kimlar allaqachon ishtirok etmoqda?
Forumda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Turkiya va Xitoy kompaniyalari o‘z yechimlarini namoyish etadi.
Sankt-Peterburg, Perm hamda Turkiya stendlari bir kunning o‘zida ushbu mintaqa va mamlakatlarning yetkazib beruvchilaridan iborat butun bir guruh bilan tanishish imkonini beradi.
MAV (Belarus) kompaniyasi lak-bo‘yoq materiallari va himoya qoplamalarini taqdim etadi.
Xitoy nomidan Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi qatnashadi.
Qurilish bozorining yirik ishtirokchilari, jumladan, TMK quvur mahsulotlari, JCB texnikasi hamda “Betomaster"ning beton yechimlari ham namoyish etiladi.
Kimyo va texnologiyalar yo‘nalishida esa ASPM, “Plastpolimer”, “Mitsar” IIChK, “ITS” IIChF (payvandlash va avtomatlashtirish), “Tekkno” (pirometrlar va teplovizorlar), FolkPrint hamda DMF (maxsus kiyim va texnik to‘qimachilik) kompaniyalari o‘z ishtirokini tasdiqladi.
Talab tomonidagi maydonda kim bo‘ladi?
Forum SQB banki, Rossiya Savdo-sanoat palatasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida yuzlab xaridor korxonalarni o‘z ichiga olgan tarmoq birlashmalari ishtirok etmoqda:
- “O‘zkimyosanoat” — mamlakat kimyo sanoati;
- “O‘zsanoatqurilishmateriallari” — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari.
Yetkazib beruvchi uchun bu soha standartlari va xaridlarni belgilovchilar bilan bog‘lanishning qisqa yo‘li, mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun esa chet elga safar qilmasdan xomashyo va uskunalar topish imkoniyatidir.
Ishbilarmonlik dasturi
Uch kunlik ishbilarmonlik dasturi “Sanoat va qurilishda innovatsiyalar” mavzusidagi yalpi majlis bilan boshlanadi. Dastur doirasida CompositeTech (kompozitlar), ChemTech (sanoat kimyosi), GlassTech (muhandislik shishasi) va AdhesiveTech (yelim texnologiyalari) kabi mavzuiy sessiyalar, qurilish sohasidagi raqamli texnologiyalar muhokamasi hamda ishtirokchilar ishlanmalarining taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Eksponent qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
Uch kun davomida bitta pavilyonning o‘zida soha uyushmalari, ishlab chiqaruvchilar va developerlar bilan uchrashuvlar.
Mintaqaning eng yirik qurilish bozorlaridan biri orqali Markaziy Osiyo bozoriga chiqish imkoniyati.
Taniqli brendlar bilan yonma-yon joylashuv natijasida stendga maqsadli tashrif buyuruvchilar oqimini jalb qilish.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida taqdimot bilan ishtirok etish imkoniyati.
Qanday qilib ishtirokchi bo‘lish mumkin?
Ishtirok etish uchun arizalarni tashkilotchilar — SAYS (O‘zbekiston) va “Mir-Ekspo” (Rossiya) ko‘rgazma kompaniyalari qabul qilmoqda. Arizani saytda qoldirish mumkin. Forum boshlanishiga uch haftadan kam vaqt qoldi, arizalar allaqachon qabul qilinmoqda. Tashrif buyuruvchilar uchun kirish bepul, buning uchun saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Reklama huquqlari asosida.