AnTuTu iyun oyining eng samarali android smartfonlar to’plamini e’lon qildi.

Kuchli 10 talikning birinchi pog’onasini OnePlus 7 Pro egalladi. U o’rtacha 371,000 ball to’pladi. Qurilma Snapdragon 855 protsessori va 6/8/12 GB operativ xotira bilan ishlaydi.

Bundan tashqari, unda 6,67 dyuymli va kadrlarni 90 Gts chastotada yangilaydigan QHD + displey o’rnatilgan. Yangilik Warp Charge 30 (20 daqiqa davomida 50%) tezda quvvatlagichi, UFS 3.0 xotirasi va uchta asosiy kameraga ega.

Ikkinchi va uchinchi o’rinni Xiaomi smartfonlari egalladi: Mi 9 (369 ming ball) va Black Shark 2 (366 ming ball).

Keyin o’rinlarda Redmi K20 Pro, OnePlus 7, Sony Xperia 1, LG V50 ThinQ 5G, Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820 chipi), Galaxy S10 5G (Exynos 9820 chipi) va Galaxy S10 (Exynos 9820 chipi) joylashdi.