Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 120 005 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 81 842 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 456 tani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 1 552 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 912 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,4 m. ko’pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda yurguzuvchi g’ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 m., radiatorlar, shovqin so’ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m. ga oshdi.