Prezident “Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Farmonga ko‘ra:

  • 2019 yil 15 avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi 20%ga;
  • 2019 yil 1 oktyabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10%ga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20%ga oshirildi.

Shuningdek, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.