Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) va Yaponiya stipendiya dasturi (JSP) aspirantura va doktoranturada o’qish uchun 150 ga yaqin stipendiya taklif qilmoqda.

Dastur O’zbekiston ham mavjud 39 mamlakat fuqarolari uchun ochiq.

Stipendiyalar dasturda ishtirok etadigan o’quv yurtlarida iqtisodiyot, menejment, fan va texnika va rivojlanish bilan bog’liq boshqa sohalarda o’qishni istagan talabalarga taqdim etiladi.

Grant o’qish xarajatlarini to’liq qoplaydi va turar joy, oziq-ovqat, o’quv materiallari, tibbiy sug’urta va yo’l xarajatlari uchun har oylik to’lovlarni o’z ichiga oladi. Ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar uchun dissertatsiya tayyorlash uchun maxsus grant ajratilishi mumkin.

Grant olish uchun nomzod ro’yxatda mavjud universitetlarning birida magistratura yoki doktoranturaga qabul qilinishi kerak. Tanlangan universitetga hujjatlarni topshirganda, nomzod OTB stipendiyasini olish uchun murojaat qilayotganligini ko’rsatishi va tegishli shaklni ilova qilishi kerak.

Hujjatlar o’quv boshlanishidan kamida olti oy oldin topshirilishi kerak. Agar muvaffaqiyatli bo’lsa, OTB universitet orqali stipendiya nomzodini xabardor qiladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.