Xalq banki o‘zining logotipi va korporativ rangini o‘zgartirdi. Tez kunda yangi logotip taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqda bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, logotipdagi uchta yoysimon chiziqlar Amir Temur tamg‘asidagi uch unsur — osmon, yer va suvni ifodalaydi.

Shu bilan birgalikda logotipning aynan insonga o‘xshatib yaratilgani Xalq bankini yanada xalqqa yaqin ekanidan dalolat beradi.

Tilla rang — boylik, barqarorlik va ishonchni ifodalasa, yashil rang bankning jadal o‘sayotganini anglatadi.

Bankning amaldagi logotipi: