Prezident “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.

Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:

  • mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro xatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;
  • arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib xizmat ko‘rsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kurer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi.