Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” eng yaxshi videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari va mustaqil ijodkorlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin (har bir yo’nalish bo’yicha mukofot 15 mln so‘mni tashkil etadi):

  1. “O‘zbekiston gastronomik turizmi”
  2. “O‘zbekiston ekologik turizmi”
  3. “O‘zbekiston MICE turizmi”
  4. “O‘zbekiston Ziyorat turizmi”
  5. “O‘zbekiston tibbiy turizmi”
  6. “O‘zbekiston etnoturizmi”
  7. “O‘zbekiston agroturizmi”
  8. “Jamiyatdagi xatti-harakatlar madaniyati”
  9. “O‘zbekiston hududlarining umumiyligi”
  10. “O‘zbekistonda xavfsizlik”

Gran-pri sohibiga bosh sovrin — “Spark” avtomobili beriladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar o‘zlarining ijodiy ishlarni DVD diskda HD formatda, ishtirokchilarning pasport nusxasi bilan birgalikda 1 noyabrga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishlari lozim.

Eng yahshi videoroliklar 13−15 noyabr kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadigan “XXV Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi” doirasida taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.