2019 yil yanvar-iyun oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6,2 mln kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkich 11,3%ga kam.

Xorijga ketgan fuqarolarning 60,5%ini (3,7 mln kishi) erkaklar, 39,5%ini (2,4 mln kishi) ayollar tashkil etadi.

Ularning aksariyati (5,9 mln nafar) MDH davlatlariga tashrif buyurgan bo‘lib, 3,3 mln nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 1,9 mln nafari ishlash maqsadida, 60,4 ming nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.

Uzoq xorijiy davlatlarga esa 288,9 ming kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 178,9 ming nafari sayyohlik maqsadida, 41,1 ming nafari ishlash maqsadida tashrif buyurgan.

Chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining asosiy qismi, ya’ni 44,8% Qozog‘istonga, 26,9% Qirg‘izistonga, 11,9% Rossiyaga, 10,9% Tojikistonga, Turkmaniston, Belorussiya va Ozarbayjonga mos ravishda 47,8, 6,8 va 5,8 ming kishi tashrif buyurgan.