O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishi to‘g‘risida vazirlik matbuot xizmati e’lon qildi.
“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Uchinchi loyiha boshlanishi 2021-yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Oldinroq Spot “Scaling Solar 1” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan FES Masdar (BAA) kompaniyasi tomonidan qurilishi haqida ma’lumot bergan edi. Bu boradagi ijobiy natijani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida konsultasiya xizmatlarini jalb qilish va Scaling Solar loyihasi bo‘yicha quyosh FESlarining quvvatini 1000 MVtgacha oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv natijasi o‘laroq 2020-yil boshida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan 2 ta “Scaling Solar 2” FES qurilishi loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilingan edi. Ushbu loyihalar bo‘yicha hozirgi vaqtda tender savdolari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan keng miqyosli qayta tiklanuvchi energiya strategiyasi amalga oshirilib, uning doirasida yaqin 10 yil ichida 5 GVtgacha ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Strategiya elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘lib, 2020−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
2021-yildan O’zbekistonning yana 3 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi
Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlarida “Scaling Solar 3” loyihasi doirasida 500 MVt bo’lgan FES qurilishi rejalashtirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 691
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 11:38 Iqtisodiyot
Toshkent viloyatida foizsiz kredit va‘dasi bilan fuqarolarning 17 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi
Gumonlanuvchilar 400 dan ortiq fuqaro nomiga kredit rasmiylashtirib, ajratilgan mablag‘larning yarmini o‘zlashtirgan.
Bugun, 11:24 Ko‘chmas mulk
Toshkentda uylar ommaviy baholanmoqda. Bu nima degani va soliqlar oshadimi?
Spot baholash natijalarini ko‘rish, ularga e’tiroz bildirish tartibi hamda yangi qiymatning soliqlarga ta’siri haqidagi ma’lumotlarni jamladi.
Bugun, 11:18 Energetika
Saudiyadagi neft quvurining to‘xtashi jahon ta’minotining 4%iga ta’sir qilishi mumkin
Dron hujumlari sabab neft quvurining vaqtincha to‘xtatilishi fonida Brent narxi bir haftada 8% dan ko‘proq oshdi.
Bugun, 11:16 Moliya
Banklarda aktivlar uchun zaxira shakllantirish tartibi tasdiqlandi
Banklar, jumladan mikromoliya va islomiy banklarda aktivlarni 5 toifaga ajratish hamda ular bo‘yicha 1−100% miqdorida zaxira shakllantirish tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bugun, 11:04 Energetika
Tadbirkorlardan asossiz 5,5 mlrd so‘m undirgan HET va uning tizim korxonalariga ish qo‘zg‘atildi
Raqobat qo‘mitasi jami 965 ta holatda qayta ulanish uchun to‘lov undirilganini aniqladi. Hozirda holatga huquqiy baho berilmoqda.
Bugun, 10:22 Biznes
Marketpleyslar va striming platformalari algoritmlarini shaffof qilishi kerak bo‘ladi
Shuningdek, xizmatlar uchun foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini qoldirish imkoniyati majburiy qilinadi.
Bugun, 09:57 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Rossiyadan har yili 7000 bosh zotdor sigir sotib olishni rejalashtirmoqda
Shuningdek, Rossiya Kaspiy dengizi orqali mamlakatga 500 ming tonnagacha don yetkazib berishi mumkin.
Kecha, 15:44 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: yangi poyezdlar qatnovi, o‘zgarayotgan alifbo, yo‘l haqini oshirish taklifi
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.