Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Uzbekistan GTL” zavodi 2017-yildan buyon qurilib kelinayotgan edi. Bugunga kelib zavod qurilishining oxirgi bosqichlari davom etmoqda. Bu haqda “O'zbekneftgaz” AJ rasmiy sayti ma’lumot beradi.

Qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlangani tufayli xodimlar soni tobora kamayib, ayni paytda 9 mingga yaqin xodim ishini davom ettirmoqda hamda 600 taga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

“Uzbekneftegaz GTL” korxonasining ishga tushirilishi joriy yilga rejalashtirilgan bo‘lib, unda 93 ming tonna aviakerosin, 220 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 133 ming tonna nafta va 16 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Spot, “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlari Honeywell tizimida o’quv mashg’ulotlarini amlaga oshirganliklari haqida xabar bergan edi.