Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida yangi zamonaviy payvandlash sexi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O'zavtosanoat” AJ ning telegramdagi rasmiy kanali xabar beradi.

Bunday yuqori texnologik inshootni qurish birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan xorijiy ekspertlarni jalb qilinmasdan amalga oshirilib, qariyb 1 million dollar mablag‘ni iqtisod qilinishiga imkon berdi.

Umumiy maydoni 7 628 m.kv. bo‘lgan payvandlash sexi Asaka shahridagi avtomobil zavodi hududa rekord darajada qisqa muddatda — 23 kun ichida tashkil etildi.

Ushbu loyiha ish faoliyatida yangi texnologiyalarni — lazerli kavsharlash (lazernaya payka) va eshik choklarini germetizatsiya qilishni nazorat qiluvchi Vision tizimini joriy qilishga imkon berdi. Shuningdek, Turin politexnika universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda avtomobil eshiklari bo‘shlig‘ini nazorat qilish tizimi joriy etildi.

Kuzov va detallarni yig‘ish liniyasiga yetkazish uchun Koreya Respublikasi ishlab chiqarilgan zamonaviy EMS LK Hoist panellarni tashish tizimi o‘zlashtirildi va boshqaruv paneli bilan masofadan turib ulanish jarayoni avtomatlashtirildi.

Yangi sexning ishlab chiqarish quvvatti 14 JPH tashkil etib, yiliga qo‘shimcha 60 000 dona avtomobil ishlab chiqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, zavodda yangi sexning ishga tushirilishi 200 ta ish o‘rni yaratilishiga imkon berdi.