Markaziy bank 2021-yil yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasi bo’yicha ma’lumot berdi. Unga ko’ra naqd pullar hajmi 32,1 trln. so‘mni tashkil etgani holda 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 7 foizga oshdi.
Banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17,0 trln. so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar 15,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Joriy yilning yanvar oyida banklar kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 6,7 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 1,7 trln. so‘mga (1,5 barobar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.
Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan yechib olingan naqd mablag‘lar ulushi 25 foizdan 35 foizga yetdi.
2021-yil yanvar oyida bank kartalariga jami 15,9 trln. so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 5,2 trln. so‘mlik (32,8 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Markaziy bank naqd pullar aylanmasi to’g’risida ma’lumot berdi
Unga ko’ra, 2021-yilning yanvar oyida 32,1 trln so’m miqdordagi naqd pullar muomalada bo’lgan.
Foto: Getty / Forbes
«Spot»
- 890
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 21:23 Iqtisodiyot
Xalq Sug‘urta Xalq banki’dan Davaktivga o‘tkazildi
Agentlik har birining nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 80 mln dona aksiyani oldi. Aksiyalar paketining umumiy nominal qiymati 80 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Kecha, 20:55 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda bayramlar ro‘yxatini alohida qonun bilan belgilash taklif etilmoqda
Yilning to‘qqiz kuni umumxalq bayrami maqomiga ega bo‘ladi va dam olish kuni hisoblanadi.
Kecha, 19:50 Transport
Toshkent va Andijon o‘rtasida ikkinchi tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
U poytaxtdan kechki vaqt, Andijondan esa ertasi kuni ertalab jo‘naydi. Dushanba kunlari kunduzgi poyezd qatnovi bekor qilinadi.
Kecha, 19:25 Biznes
Bankrotlik yoqasidagi tadbirkorlar uchun maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi
Shuninhdek, fuqarolarga istalgan bankdan o‘z hisobvaraqlari haqida ma’lumot olishga ruxsat etildi.
Kecha, 19:00 Biznes
14 kun ichida 6,7 mln namoyish: “Miratorg” Uzum’dagi reklama yordamida sotuvlarni qanday qilib 73% ga oshirdi?
Kompaniya vakillari Uzum Ads reklama formatlari brend tanilishini oshirish va sotuvlarni ko‘paytirishga qanday yordam bergani haqida so‘zlab berishdi.
Kecha, 18:54 IT
YouTube oddiy videolardagi dizlayk tugmasini yashirishni sinovdan o‘tkazmoqda
Platforma dizlayk tugmasini ayrim foydalanuvchilar uchun uch nuqtali menyuga ko‘chirdi. O‘zgarish rasman e’lon qilinmagan.
Kecha, 18:06 Biznes
Qashqadaryolik tadbirkor Mirziyoyevga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi
$54 mlnlik loyiha doirasida yiliga 20 ming tonna mato ishlab chiqarish va bo‘yash quvvatlari ishga tushirildi. Fabrikada 840 ta ish o‘rni yaratilgan.
Kecha, 17:51 Biznes
Amerikaning Wosune kompaniyasi Qarshida $8,5 mln ga quritilgan mahsulotlar korxonasini tashkil etdi
Mazkur korxona tez tayyorlanadigan taomlar va konservalar uchun meva-sabzavotlarni qayta ishlaydi, shu jumladan eksport qiladi.