Xalq banki’ning 100% sho‘ba korxonasi bo‘lgan Xalq sug‘urta sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushi keyinchalik xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi. Yagona korporativ axborot portali ma’lumotlariga ko‘ra, bank kuzatuv kengashi 21-sentabr kuni tegishli qarorni qabul qilgan.
Agentlikka har birining nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 80 mln dona aksiya berildi. Paketning umumiy nominal qiymati 80 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Kompaniya 28-avgustdagi prezident farmoni bilan xususiylashtirilishi rejalashtirilgan aktivlar ro‘yxatiga kiritilgan. Hujjatga ko‘ra, 2026−2027-yillarda 62 ta korxonadagi davlat aksiyalari paketlari va ulushlarini, jumladan, Xalq Sug‘urta'ni ham ommaviy savdolarga chiqarish rejalashtirilgan.
Bankers.uz nashrining yozishicha, 1-iyul holatiga ko‘ra, Xalq sug‘urta'ning aktivlari 278,54 mlrd so‘mni, ustav kapitali esa 80 mlrd so‘mni tashkil etgan. Yanvar-iyun oylarida kompaniya 30,12 mlrd so‘m daromad oldi, shu jumladan 15,42 mlrd so‘m sof foyda.
Sug‘urta kompaniyasi DABAga o‘tkazilgandan so‘ng, Xalq banki’da kamida 10% ulushga ega bo‘lgan beshta sho‘ba korxonasi qoldi: Xalq Lizing, Xalq Faktoring, Xalq mikromoliya tashkiloti, United Venchures va Perfect capital investment.
KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, Xalq sug‘urta 2011-yil may oyida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav fondi 80 mlrd so‘m bo‘lgan kompaniya “hayotni sug‘urtalashdan tashqari sug‘urtalash” bilan shug‘ullanadi. Ta’sischilari sifatida “aksiyadorlar” (100%) ko‘rsatilgan, rahbari — Mamasoliyev Sobir Kurdashevich.
Avvalroq Spot Davaktiv Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish va IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozgan edi.