2026−2027-yillarda O‘zbekistonda 62 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va ulushlarini ommaviy savdolarga chiqarish rejalashtirilgan. Tegishli ro‘yxat prezidentning 28-avgustdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni bilan tasdiqlangan (hujjat tahririyat ixtiyorida).
Farmonda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, qo‘yiladigan paketlar soni va aktivlarning sotilishiga tuzatishlar kiritilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Agar korxona kapitalida davlat ulushi ustun bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari bo‘lsa, ular yagona paket bilan savdoga qo‘yiladi.
Zarur hollarda, Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlarini unga o‘tkazish tartibini belgilashi mumkin. Xususan, aktivlar xaridor aniqlangunga qadar korxonalarda qolishi yoki ularga aktivlarni boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida topshirilishi mumkin.
Xo‘jalik jamiyatlari tarkibidagi tashkilotlarni MCHJga aylantirishda mol-mulk inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, ustav kapitali esa soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari bo‘yicha amaldagi ustav kapitali miqdorida, mol-mulkni baholamasdan aniqlanadi.
Korxonalar ro‘yxati va undagi davlat ulushlari miqdorlari Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda DABA qarori bilan o‘zgartirilishi yoki undan chiqarilishi mumkin.
Tijorat banklari uchun DABAga aktivlarni o‘tkazishning alohida tartibi nazarda tutilgan. Aktivlar banklar tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar yoki ularni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan, savdoga qo‘yish va sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda beriladi. Agar sotish narxi balans qiymatidan yuqori bo‘lsa, bankka qoldiq qiymat summasi yuboriladi.
Aktivlarni topshirishda joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha kovenantlar, xorijiy moliya tashkilotlari va banklardan jalb qilingan kreditlar, shuningdek, ustav kapitali miqdoriga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablar ham hisobga olinishi lozim.
Ayrim aktivlar uchun alohida shartlar ko‘zda tutilgan. Turonbank ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish xalqaro konsultantlarning xulosalari va bankning xususiylashtirishga tayyorlik darajasini hisobga olgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Xalqaro hamkorlik markazi va O‘zekspomarkazdagi davlat ulushlari ular negizida amalga oshiriladigan loyihalar konsepsiyalari va sotish shartlarini hisobga olgan holda Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda sotiladi.
O‘z navbatida, Trastbank’dagi davlat aksiyalari paketi (0,01%) baholashdan o‘tkazilmasdan, fond birjasidagi kotirovka narxidan kelib chiqib savdoga chiqarilishi mumkin. Bunday narx mavjud bo‘lmagan taqdirda, qiymat jamiyatning sof aktivlariga mutanosib ravishda belgilanadi.
Mahalliy hokimiyat organlariga tegishli korxonalardagi davlat ulushlarini sotish shartlari va tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi va DABA tomonidan belgilanadi. Sotishdan keyin qolgan mablag‘lar baholash va sotish xarajatlari chegirib tashlangan holda tegishli mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi.
Quyida 62 ta korxonaning to‘liq ro‘yxati keltirilgan:
| Egasi | Nomi | Ulushi (%) |
| O‘zbekiston temir yo‘llari | Andijon mexanika zavodi | 100 |
| O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi | Yashil ferma | 33,3 |
| O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi | Orient Technology | 45,1 |
| Olmazor kichik sanoat zonasi | Uzeltexprom-Motorola-Telekom-Radio | 43,3 |
| Olmazor kichik sanoat zonasi | Chegara | 20 |
| Issiqlikta’minoti | Qo‘qonenergimarkaz | 21,2 |
| Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — Uzinfocom | IT ta’lim berish markazi Ustudy | 50 |
| Avtogazta’minot | KO-UNG CYLINDER | 54,76 |
| Avtogazta’minot | Kor-UNG Investment | 50 |
| Elektromagnit moslashuv markazi | Telekom chorva-parranda | 21,6 |
| Elektromagnit moslashuv markazi | Toshagroinvest | 18,86 |
| Xalq banki | XALQ SUG‘URTA | 100 |
| Asakabank | Sayxun Tomorqa Export | 100 |
| Navoiyuran | Innovatsion burg‘ilash kompaniyasi | 25 |
| O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Turonbank | 98,9 |
| Interforum davlat muassasasi | Xalqaro hamkorlik markazi | 79,27 |
| Interforum davlat muassasasi | O‘zekspomarkaz | 91,83 |
| O‘zshaharsozlik LITI davlat muassasasi | TRASTBANK | 0,001 |
| O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | Kommunal ta’minot markazi davlat muassasasi | 100 |
| O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi jurnali | 100 |
| O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | Respublika dam olish maskani davlat muassasasi | 100 |
| O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi | Yashil energiya | 2,6 |
| O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | Nevrologiya | 80 |
| Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi | Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘quv-tajriba xo‘jaligi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Buxoro yo‘lloyiha | 50,0 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | O‘zyo‘lkо‘prik klasterining Namangan filiali davlat muassasasi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Avtomagistral davlat muassasasi | 100 |
| Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Avtoyo‘lnurta'mir davlat muassasasi | 100 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Qumqo‘rg‘on tuman ta’mirlash mexanika zavodi | 25 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Ko‘prikqurilish | 100 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi | 90 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Mehnat gigiyenasi | 100 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Inno texnopark | 100 |
| Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Humo Air | 100 |
| Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | CONFORMITY ASSESSMENT CENTER | 100 |
| Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | O’ZBEK-TURK TEST MARKAZI | 51 |
| Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi | V-GEN BIOPHARMA | 50 |
| O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi | Oqtosh pansionati davlat muassasasi | 100 |
| Toshkent viloyati O‘simliklarni himoya qilish markazi (tugatilgan) | Oltin kuz durdonasi | 100 |
| Toshkent viloyati O‘simliklarni himoya qilish markazi (tugatilgan) | Oltinkuz zar-zamin | 100 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Namangan avto megastroy savdo kompleksi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Yashil dehqon bozori | 68 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Do‘stlik savdo sanoat kompleksi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Chust dehqon bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Yangiqo‘rg‘on dehqon bozori | 51,42 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | To‘raqo‘rg‘on markaziy dehqon bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Samarqand uy-joy ta’mir professional boshqaruv tashkiloti davlat muassasasi | 100 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Toyloq dehqon bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Samarqand innovatsion avtomobillar bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | G‘ulobod yog‘och savdo kompleksi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Lolazor Denov Barakat | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Jarqo‘rg‘on dehqon (oziq-ovqat) bozori | 54,6 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Qibray dehqon bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Farg‘ona Yusufjon fayzi qurilish mollari savdo kompleksi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Rapqon dehqon bozori | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Yakkatug‘ dehqon bozori | 52,1 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Beshariqlik Umarovlar fayzi | 51 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Beshariq Turon sanoat savdo kompleksi | 51 |
Avvalroq Spot O‘zbekiston yil oxirigacha xususiylashtirishdan 14 trln so‘m daromad olishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.