Yoshlarning g’oyalarini rivojlantisirsh hamda amaliyotda joriy qilishga ko’maklashish maqsadida Start Up va Investor loyihasi boshlandi — deyaxabar beradi O’zbekiston Yoshlar Tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi.

Ushbu loyiha yoshlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Loyiha yaratish bo’yicha bilim olish.
  • Loyiha taqdimotini o’tkazib investor jalb qilish.
  • Yosh startapchilarning taqdimotlari bilan tanishish.
  • Qizgin muhokamalarda ishtirok etish va boshqalar.

Arizalarni topshirish butunlay bepul va maxsus ariza to’ldirish orqali amalga oshiriladi.

20-fevral kuni soat 15:00 da Yoshlar Ishlari Agentligi press klub zalida Start Up va Investor loyihasiga start beriladi.