Xususiy sektorga avtotransport vositalarini boshqarish guvohnomasini olish uchun imtohonlarni o’tkazish huquqi beriladi deya ta’kidlab o’tildi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida.

Unga ko’ra, Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-apreldan boshlab:

  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari xizmat ko‘rsatish hududlarida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini tadbirkorlik subyektlarining tegishli lisenziyasi amal qilish sanasidan e’tiboran to‘xtatadi;
  • haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yadi;
  • tadbirkorlik subyektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ta’minlanadi.

Hozirgi kunda barcha transport vositalariga guvohnoma olish imtihonlari har bir viloyat va hududlarga tegishli davlat huzuridagi Yo’l harakati xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o’tkazilib kelinayotgan edi.

Shaxsiy sektor tomonidan o’tkaziladigan amaliy va nazariy imtihonlar barcha transport vositalari (trolleybus va tramvaylardan tashqari) uchun guvohnoma berish uchun vakolatli bo’ladi.