Dunyo bo’ylab bir necha davlatlar reytinglarida birinchi o’rinlarni egallagan “Clubhouse” ilovasining yuklab olish soni fevralning oxirida pasayib ketti. Bu haqida vc.ru nashri xabar beradi.

1-yanvar holatiga ko’ra dunyoda yuklab olishlar soni 38 mingni tashkil etgan edi. 14-fevralda eng yuqori nuqtaga, 446 mingga chiqdi, ammo fevral oxiriga qadar 335 mingni tashkil etdi.

“Agar dastur jamoasi tez orada Android uchun ilova chiqarmasa yoki aloqa qilishning boshqa usullarini o’ylab topmasa, Clubhouse atrofidagi shov-shuv tezda tugashi mumkin”, — dedi Andrey Zagoruiko, vc.ru bosh ijrochi direktori.

O’zbekistonda ilova yuklab olish soni bo’yicha fevralning o’rtasida birinchi o’ringa chiqqan edi.

Avvarloq Spot “Clubhouse” Android tizimi uchun ilova yaratishni boshlagani haqida xabar bergan edi.