Spot avvaroq “Spotify” musiqaviy strimining ilovasi O’zbekiston bozoriga kirib kelgani va platformaning narxi haqida yozgan edi. Hozirgi kunda undan dunyoying qariyb yarmidan millionlab odamlar foydalanishadi.

“Spotify” bu — onlayn formatdagi millionlab musiqa, video va podkastlarni birta platformada qulay qilib taqdim qiladigan ilova. Dunyo bo’ylab san’atkorlar va qo’shiqchilar ilovaga o’z ijodlarini yuklashlari mumkin.

Ilova turli xil qurilmalarga jumladan, kompyuter, telefon, planshet va xatto moshinalarga yuklanishi mumkin. Spotify Connect xizmati orqali qurilmalar orasida biridan ikkinchisiga o’tish mumkin.

Platformaning eng mashhur xizmatlaridan biri bu musiqa qidirishni osonligi va yoqtirgan qo’shiqlarni osonlikcha topib bilish qulayliklari. “Radio” usuli boshlang’ich qo’shiqni tanlagandan keyin, o’xshashlarini o’zi topib beradi va alohida pleylist ham yaratib berishi mumkin.

Shu qatorda platforma 10 000 tagacha musiqalarni yuklab olish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’idan yiroqda bo’lganda ilova yuklab olish orqali musiqalarni oflayn tartibda eshitish mumkin.

Dunyo bo’ylab yangi qo’shiqlarni chiqqan zahoti ehitish ilovaning yana bir qulayligidir. Dunyoning qariyb barcha taniqli ijodkorlari o’z ishlarini ilovada birinchilar qatorida joylashtirishadi.

Ilova birinchi bo’lib 2006 yilda Shvetsiya davlatida yaratilgan va ishga tushgan. 16 yil davomida platformaga 70 milliondan ortiq qo’shiqlar yuklangan.

O’zbekiston bozorida uning eng katta raqobatchilarida biri bu yaqinda kirib kelgan “Яндекс.Музыка” bo’ladi.