Bir yil oldin, Gongkong eng erkin iqtisodiyot ro’yxatida birinchi o’rinni Singapurga yutkazdi. Bundan oldin Gongkong birinchi o’rinni 25 yil davomida olib kelgan edi. Bu haqida Bloomberg jurnali xabar beradi.

Yuqori lavozimli amaldor shahar tez orada yillar davomida egallab kelgan o’rnini qayta egallaydi deya ta’kidlab o’tgan edi.

Buning o’rniga Gonkong 2021-yil e’lon qilingan ro’yxatning so’nggi nashridan butunlay g’oyib bo’ldi. Makao bilan birgalikda endi u Xitoyning bir qismihisoblanadi. Bunga davlatda bir necha oy davom etgan noroziliklar sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.

Xitoy ro’yxatda O’zbekiston bilan Uganda o’rtasida 107-o'rinni egalladi.

Gongkong 1997-yilda Xitoy hukmronligiga qaytganidan so’ng erkin iqtisodiyotlar ro’yxatida birinchi o’rinda qolgan edi va bu uning mustaqil sud tizimi, erkin matbuot va chuqur moliyaviy bozorlari va shu kabilar sabab bo’lgan edi.