Sber ekotizimining bir qismi bo’lgan “ЮMoney” xizmati Rossiya Markaziy bankining cheklovlari bekor qilingandan so’ng, 45 ta xorijiy kompaniyalar bilan barcha to’lov operatsiyalarini tikladi. Bu haqida ma’lumotlarga asoslanib, Prime.ru xabar beradi.

Xizmat 12-yanvardan boshlab Rossiya MBning to’lovlar amalga oshirish bo’yicha cheklovlariga uchragan edi. Cheklovlar olib tashlangach, yuqorida ytilgan 45 ta norezidentlar “ЮKassa” orqali to’lovlarni amalga oshirishlari va xizmatning barcha qulayliklaridan foydalanishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, boshqa xorijiy kompaniyalar bilan aloqa qilishda qo’yilgan cheklovlarni olib tashlash bo’yicha MB va “ЮMoney” bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: Oson ilovasining asoschisi Farhod Maxmudov “ЮMoney” bilan bog’liq muammolar sabab kompaniya $1 mlnlik zarar ko’rganini aytib o’tgan edi.