Seshanba kungi savdolar yakunida Ilon Maskning boyligi $22,6 mlrdga ko’payib, $166,2 milrdni tashkil etdi, bu haqida “Forbes Real Time” reytingi ma’lum qiladi.

Maskning boyligi Tesla aktsiyalari ortidan ko’tarildi. Ular 19,64% ga ko’tarilib, $673,58 tashkil etdi. Aksiyalarning ko’tarilganligini asosiy sababi bu “Nasdaq 100"da joylashgan deyarli barcha texnologik kompaniyalarning ulushlari narxi oshgani bo’ldi, bu haqida Bloomberg xabar beradi.

“Tesla"ga investorlarning e’tiborini jalb qilib, aksiyalar narxlari ko’tarilgani yana bir asosiy sabablaridan biri bu “New Street Research” tahlilchisi Per Ferraguning kompaniyaning kelajagi haqidagi fikri bo’lishi mumkin. Uning fikriga ko’ra, aksiyalarning narxi kelajakda $900 ga ko’tariladi.

Shu bilan birga, “Amazon” bosh direktori Jeff Bezosning (+ $5,9 mlrd) va “Pinduoduo” asoschisi Kolin Chjen Xuangning (+ $5,8 mlrd) boyligi ham oshdi.

Avvalroq Spot Ilon Mask qanday qilib 14 milliard AQSh dollari yo’qotgani haqida yozgan edi.