Qozog‘istonlik “Astana Hub” “Invest Day” ga arizalar qabul qilishni boshladi. Bu haqida IT Park sayti xabar beradi.

“Invest Day” — bu startap va investorlarga mo‘ljallangan platforma bo‘lib, u yerda Qozog‘iston va xorijiy davlatlardan kelgan eng yaxshi 10 ta startap o‘z mahsulotini investor va biznes angellarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, investorlar esa investitsiya kiritish va hamkor investorlar topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tadbirning asosiy hamkorlari: IT Park Uzbekistan, UVCA, InVentures, TA Ventures, iClub, Markaziy Osiyo investorlar va biznes angellar klubi, QazAngels biznes angellar klubi, MOST Ventures, KASE, Yellow Rockets hamda Qozog‘iston va MDHning yetakchi biznes angellari.

“Invest Day” startap-ishtirokchilar uchun qanday foyda keltiradi?

— pitch-dek (taqdimot) tayyorlash bo‘yicha professional trekerlar bilan individual konsultatsiya;

— treker bilan chiqish marosimiga (pitch'ni mashq qilish) tayyorgarlik ko‘rish;

— investorlar va venchur fondlariga o‘zini namoyish qilish;

— investorlar bilan 50 minutlik mitap (investor qiziqish bildirgan hollarda).

“Invest Day” biznes angel va investorlar uchun qanday imkoniyatlarni taqdim qiladi?

— mahalliy va xorijiy startaplar bilan tanishish imkoniyati;

— investitsiya portfoliosini shakllantirish;

— hamkor investor topish;

— “Deep Dive” sessiyalarida qatnashish imkoniyati (tanlangan loyihalar bilan individual uchrashuvlar)

Sana: 2021-yil 15-aprel kuni

Vaqt: 16:00

Ariza topshirish muddati:

  • startaplar uchun: 28-mart soat 18:00
  • investorlar uchun: 12-aprel soat 18:00

Batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.

Avvalroq Spot, IT Park “Online Savdo” ta’lim kursini tashkil qilishi haqida ma’lumot bergan edi.