“Uzbekistan Airways” Hindistonga parvoz qilishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilar uchun muhim maʼlumotni e’lon qildi. Unga ko’ra, Hindistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar Hindistonning quyidagi talablarini bajarishlari zarur:

  • Yangi koronavirus infeksiyasining yo‘qligiga, Hindistonga jo‘nashdan oldin 72 soat ichida PZR (COVID-19 RT-PCR) usulida amalga oshiriladigan testdan o‘tish.
  • COVID-19 RT-PCR testining ingliz tilidagi manfiy natijasini Dehli aeroportining https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/apho-registration onlayn portaliga yuklash, so‘rovnomani to‘ldirgandan so‘ng “SUBMIT” tugmasini bosish zarur.
  • https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/allairports havolasiga o‘tib, “Track Your Exemption / Self-Reporting Application” bo‘limini tanlab, Dehli aeroportining onlayn portali tomonidan so‘rovnoma qabul qilinganining tasdig‘ini olish, Hindistonga parvoz qilish uchun So‘rovnoma faqat unga “ACCEPTED” maqomi berilgandan so‘ng amal qiladi.

So‘rovnoma qatnovga roʻyxatdan oʻtish vaqtida yo‘lovchining mobil telefoniga yuklangan yoki chop etilgan shaklda uning qo‘lida bo‘lishi kerak.

Hindiston talabini bajarmagan yo‘lovchilar parvozga qo‘yilmaydi.

Avvalroq Spot, Hindistonga muntazam aviaqatnovlar 5-martdan tiklanganligi haqida ma’lumot bergan edi.