Мaydan boshlab “Uzbekistan Airways” Toshkent — Riga — Toshkent yo’nalishi bo’yicha har hafta amalga oshiriladigan reyslarni qayta joriy etmoqda. Bu haqida “Uzbekistan Airways” rasmiy saytida xabar beriladi.

Toshkent — Riga, 4 657 000 so’mdan boshlanadi.
Toshkent — Riga — Toshkent, 8 413 000 so’mdan boshlanadi.

Chet el fuqarolari quyidagi sabablarga ko’ra Rigaga tashrif buyurishlari mumkin:

  1. Ish
  2. O’qish
  3. Oilaga qayta qo’shilish
  4. Tibbiyot maqsadlari
  5. Voyaga yetmagan bolalarni kuzatib borish
  6. LRda DYR (doimiy yashashga ruxsatnoma)
  7. Dafn marosimi

Ushbu sabablardan biri covidpass.lv saytida belgilanishi kerak.