Joriy yil 29 mart kuni Vazirlar Mahkamasining “2021−2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 166-son qarori qabul qilindi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining telegramdagi rasmiy kanalida ma’lumot beriladi.

Qaror bilan 2021−2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi va uni 2021−2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” hamda maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanmoqda.

Strategiya xalqaro moliya institutlari, xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan jalb etilgan ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan bo‘lib, bir qator me’yorlarni o‘z ichiga oladi.

Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shu bilan birga, ijroiya organi va kuzatuv kengashi a’zolari vakolatlarini bir yildan uch yilgacha uzaytirish hamda davlatning “oltin aksiya” maxsus huquqini bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Davaktiv agentligi faoliyatini zamonaviy yondashuv va uslublar asosida tashkil etishga ko‘maklashish uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda Ekspert kengashini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Strategiyani amalga oshirish natijasida:

  1. davlat ishtirokidagi korxona kuzatuv kengashlari tarkibida mustaqil a’zolar ulushi bosqichma-bosqich 30 foizga yetkazish;
  2. davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish;
  3. 20 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish nazarda tutilgan.