UzAutoMotors ayrim avtomobil modellarining narxi oshgani yuzasidan bayonot berdi.

Ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari O‘zbekiston bozorida 2017 yil aprel oyidan paydo bo‘ldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.

Ikki litr xajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining so‘ngi Premium versiyasi 2019-yil oktyabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021-yil mart oyigacha o‘zgarmadi.

Dollar kursining o‘sishi (30%dan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10−15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi.

Bundan tashqari, Chevrolet Tracker avtomobiliga yangi imkoniyatlar qo‘shildi — yangilangan Tracker avtomobili avvalgi rusumlardan ichki iqlim nazorati, elektron boshqariluvchi xaydovchi o‘rindiqlari va sun’iy charmdan ishlangan o‘rindiqlar hamda boshqa qulayliklar iborat Redline majmuasida taqdim etilgan.

Chevrolet Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi munosabati bilan quyidagi qulaylik paydo bo‘ldi:

  • to‘liq svetodiodli yoritish jihozlari;
  • moslashtirilgan Cruise-nazorat tizimi;
  • avtoturargohdan chiqishda boshqa transport vositalari xaraqati haqida ogohlantirish tizimi;
  • ko‘rinmas zonalar monitoringi;
  • oldi o‘rindiqlarda xavo almashtirish tizimi;
  • Premium toifadagi akustika tizimi;
  • xavfsizlikni ta’minlash tizimi (yo‘lovchilarni aniqlash, to‘qnashuv haqida ogohlantirish, yo‘l chiziqlari bo‘ylab harakatlanishda nazorat tizimi va boshqalar).