Yaponiyaning yetakchi Toyota Motor kompaniyasi 2025-yilga qadar elektromobillarning 15 ta modelini yaratmoqchi. Bu haqda kompaniya o‘z bayonotida aytib o‘tgan.

Ushbu seriyadagi birinchi modelning konsepsiyasi — Toyota bZ4X krossoveri 19-aprel kuni Shanxay avtosalonida namoyish etildi. Korporatsiya bayonotida ta’kidlanganidek, elektromobillar liniyasini ishlab chiqarish orqali Xitoy, Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni kutmoqda.

Yaponiya hukumati o‘tgan yil oxirida gazlar chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yangi rejani ma’qulladi, bu 2030-yillarning o‘rtalariga kelib barcha benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni to‘xtatishni ham o‘z ichiga oladi.

Yaponiya hukumatining fikriga ko‘ra, qabul qilingan rivojlanish strategiyasi oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirishi va 2030-yilga kelib qariyb 900 milliard dollarlik iqtisodiy samarani yaratishi kerak.

Avvalroq Spot Mercedes-Benz o‘zining yangi elektromobilini taqdim etganligi haqida xabar bergan edi.