Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklarni Qatardagi Ulta Beauty do‘konlarida ishlashga taklif qilmoqda.

Agentlik tomonidan qayd etilishicha, vakansiyalar bo‘yicha oylik maosh $1450 dan $5500 gacha etib belgilangan.

Kompaniyada 10 ta vakansiya mavjud bo‘lib, taklif etilayotgan maoshlar quyidagicha:

  • manikyur va pedikyur mutaxassisi — $1450;
  • savdo vizualizatsiyasi mutaxassisi — $1500;
  • kosmetika bo‘yicha maslahatchi — $1900;
  • teri parvarishi mutaxassisi — $2200;
  • vizajist — $2300;
  • brend bo‘yicha trening mutaxassisi — $2750;
  • bo‘lim menejeri — $3050;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeri — $3850;
  • do‘kon menejeri o‘rinbosari — $4000;
  • do‘kon bosh menejeri — $5500.

Ish beruvchi O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi aviachiptalar, ishchi vizasi, aeroport transferi, vatanga borib-kelish aviachiptasi hamda tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

Nomzodlar esa turar joy, oziq-ovqat va ishga qatnab yurish transporti xarajatlarini o‘zlari qoplaydi.

Ulardan kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish, ingliz tilida erkin muloqot qila olish, 20 yoshdan katta bo‘lish va tegishli sohada kamida ikki yillik ish tajribasi talab etiladi.

Qayd etilishicha, vakansiyalarda erkaklar ham, ayollar ham ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘lib, arizalar joriy yilning 29-avgust kunigacha qabul qilinadi.


Avvalroq Spot Jahongir Ortiqxo‘jayev xorijdagi 10 ming o‘zbekistonlikni qaytarish va ishga joylashtirishni taklif qilgani haqida yozgandi.