Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda O‘zbekistonda 2021-yilning 1-aprel oyi holatiga ko‘ra, 130 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.

Bu joriy yilning fevral oyi bilan solishtirganda o’zgarishsiz qolgan.

Fevral oyida esa Jizzax viloyatidagi Dashtobod temir yo’l uchastkasi MChJ hamda Toshkent shahridagi South-West Terminal MChJlar tomonidan temir yo’l xizmatlari ko’rsatmatyotganligi sababli reestrdan chiqarilgan edi.

Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.