PayPal 2021-yilning birinchi chora boʻyicha hisobot berdi. Maʼlum boʻlishicha, GAAP foydasi $84 milliondan — $1,1 milliardga, koʻzlangan daromad esa 31% ga oʻsdi, deya yozmoqda “CNBC”.

2021-yilning birinchi uch oyida platformadagi toʻlovlarning umumiy hajmi 50% ga oʻsib, $285 milliardni tashkil etdi, faol foydalanuvchilar soni 14,5 millionga koʻpayib, 392 million kishiga yetdi.

PayPal bosh direktori Dan Shulmanning fikriga koʻra, kriptovalyuta kompaniya oʻsishining asosiy omili ekan. Uning taʼkidlashicha, foydalanuvchilarning yarmi kripto valyuta operatsiyalari uchun har kuni PayPal dasturidan foydalanadi.

Avvalroq Spot, kriptovalyutalar bozorining hajmi $2 trilliondan oshganligi haqida xabar bergan edi.