SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Oyga amalga oshiriladigan uchishlar uchun to’lov Dogecoin kriptoaktivi orqali amalga oshirilagani haqida o’zining Twitterdagi sahifasida xabar qoldirdi.

Xabarda aytilishicha “Doge-1” raketasi ishtirokidagi Oyga sayohat kelasi yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Missiya uchun Dogecoinda to’lov qilindi.Kosmosdagi birinchi kriptovalyuta, birinchi mem”, deya qo’shimcha qilgan Mask.

Hozirgi vaqtda bu turdagi kriptoaktivning narxi $0,5389 ni tashkil etadi.