“ByteDance” kompaniyasi asoschisi milliarder Chjan Imin yil so’nggiga qadar kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishini aytib o’tdi.Bu haqda Forbes Russia xabar beradi.

Forbes Real Times Billionnaires reytingchi bo’lishi uning boyligi $36 mlrdga baholangan.

“To'g'risini aytganda menga ideal menejer bo’lish uchun ko’nikmalar yetishmaydi”, — deya xat yozadi Imin kompaniya xodimlariga ByteDance saytida.

Milliarderning fikriga ko’ra, yangi rahbar kompaniyaning kundalik faoliyatini yaxshilashga yordam berishi mumkin. Uni ko’proq qiziqtiradigan narsa bu — jamoani haqiqiy boshqarish emas, balki tashkiliy va bozor tamoyillarini tahlil qilish va boshqaruv ishlarini yanada qisqartirish uchun ushbu nazariyalardan foydalanish.

“Bundan tashqari, men unchalik xushchaqchaq emasman va Internetda vaqt o’tkazish, o’qish, musiqa tinglash va tush ko’rish kabi yolg’iz faoliyatni afzal ko’raman”, — deya qo’shimcha qiladi u.

Bloombergning ta’kidlashicha, Chjan Imin Xitoy hukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar sabab o’z lavozimini tark etmoqda. Momopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi allaqachon fintex kompaniyalar bilan ish olib borayotgani haqida Spot xabar bergan edi.

Hozirda ByteDance AQSH yoki Gongkong birjasida IPO o’tkazish uchun tayyorlanmoqda. Kompaniya qiymatini $250 mlrdga baholanmoqda.