AQSH Prezidenti Jo Bayden kongressga 2022- moliyaviy yil uchun byudjet loyihasini taqdim etdi. Unga ko’ra davlat xarajatlari $6 trln bo’lishiko’zda tutilgan.

“Oq uy” rasmiy saytida chop etilgan hujjatga asosan, Bayden va uning guruhi tomonidan tuzilgan loyiha davlat harajatlarini $1,52 trlndan $6 trlngacha (qariyb 4 barobarga) oshirgan.

Xabarga ko’ra, bu Ikkinchi jahon urushi tugaganidan boshlab davlat tomonidan qilinadigan eng yirik xarajat hisoblanadi.

Pentagon (harbiy harajatlar) uchun to’lovlar o’zgarishlarsiz qolmoqda ($715 mlrd). Umumiy hisobda esa bu $753 mlrdni tashkil etadi (o'tgan yilga qaraganda 12,5 mlrdga ko’proq).

Mudofaaning asosiy nuqtalari Rossiya va Xitoy tomonidan berilishi mumkin bo’lgan zarbalarga qarshi turishdir. Shuningdek, e’tibor berilishi kerak bo’lgan yana bir masala bu “ichki terrorizm"dir. Bu joriy yil boshida Kapitoliyda ro’y bergan voqaelardan so’ng o’z tasdig’ini topdi. Bu uchun Kongressdan $131 mln mablag' ajratilishi so’ralmoqda.

Bayden va uning jamoasi kelgusi moliyaviy yilda AQSh byudjeti uchun taxminan $4,17 trln daromad olishni taklif qilmoqda. Bu mablag’lar yuqori daromadga ega bo’lgan kompaniyalar va jismoniy shaxslarga soliq yukining oshishi hisobiga o’sib borishi taxmin qilinmoqda.

Prezidentning byudjet loyihasi Kongressga yuborilgan so’rov bo’lib, dastlabki xarakterga ega. Kelajakda raqamlar, qoida tariqasida, tuzatiladi, ammo hujjat Amerika ma’muriyatining ustuvor yo’nalishlarini aniq ko’rsatib beradi.

Hujjat Kongressga juma kuni tushdan keyin, AQShda Xotira kuni munosabati bilan ishi kengaytirilgan tanaffusdan oldin taqdim etildi. Bugundan boshlab esa Kongressmenlar hujjat loyihasini muhokama qilishga kirishadilar.