Xitoy kompaniyasi HyperCharge zaryadlovchi moslamasini chiqardi, u simli rejimda 200 vatt, simsiz rejimda esa 120 vatt quvvatni ishlab chiqaradi. Bu esa 10−15 daqiqa ichida batareyalarni toʻliq quvvatlay oladi, deya yozmoqda The Verge.

Kompaniya videoda Xiaomi Mi 11 Pro smartfonini qanday qilib sakkiz daqiqada 4000 mA / soat batareyasini noldan 100% gacha quvvat olganini, uch daqiqada esa 50% zaryadga toʻlganini namoyish etdi.

Simsiz rejimda xuddi shu smartfon 15 daqiqada quvvatlangan, batareya yetti daqiqada zaryadlanish darajasining yarmiga yetgan.

Xiaomi kompaniyasi hozircha mazkur qurilmalar qachon sotuvga chiqarilishini eʼlon qilmadi.