Coldwell Banker Commercial Uzbekistan (CBC) Toshkentdagi Modera Towers biznes-markazni boshqarishning birinchi yili natijalarini taqdim etdi. 12 oy ichida obyektning to‘ldirilishi bir qavatning yarmidan kamrog‘idan umumiy ijaraga yaroqli maydonning 80% dan ko‘prog‘iga yetdi. Bir vaqtning o‘zida, kompaniya tijorat, moliyaviy va operatsion jarayonlarni birlashtirgan raqamli boshqaruv tizimini joriy etdi.
15-oktabr kuni Modera Towers biznes-markazi Coldwell Banker Commercial Uzbekistan boshqaruviga o‘tkazilganiga bir yil to‘ldi. Ushbu davrda umumiy maydoni 15 800 m kv bo‘lgan obyekt ijara yuklamasini sezilarli darajada oshirdi va to‘liq foydalanishga o‘tdi. Bugungi kunda ijaraga yaroqli 11 850 m kv maydonning qariyb 9 500 m kv qismini ijarachilar egallab, bino esa yagona raqamli platforma orqali boshqariladi.
Raqobat sharoitida to‘ldirilish darajasining oshishi
2025-yil oktabr oyida CBC kompaniyasi Modera Towers boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi, bunda ijarachilar to‘rtinchi qavatning yarmidan kamrog‘ini egallagan edi. Beshinchi qavatda World Class fitnes-klubini ta’mirlash ishlari davom etar, obyektni boshqarish tizimi esa endi shakllanayotgan edi.
Boshqaruvning ilk yilida kompaniya biznes-markazning bandlik darajasini 80% dan oshirishga, muntazam ijara tushumlarini ta’minlashga va asosiy xizmatlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Binoda World Class fitnes-klubi ochildi, CBC boshqaruvi ostidagi kovorking to‘laqonli ishlay boshladi.
Bunday natija, ayniqsa, poytaxt ofis ko‘chmas mulki bozorining kengayishi fonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. CBC kompaniyasining bahosiga ko‘ra, 2025-yil dekabridan 2026-yilning II choragigacha Toshkentda 150 000 m kv ga yaqin “A” toifali yangi ofis maydonlari paydo bo‘lgan. 2027-yil boshidan esa bozorga yana 100 000 m kv dan ortiq maydon chiqariladi. Kompaniyada bu holatni Toshkentning “A” toifali ofis ko‘chmas mulki bozori uchun “Sokin bo‘ron” deb atashmoqda. Shu bilan birga, ushbu segmentdagi yangi obyektlar uchun vakantlik darajasining bazaviy ssenariysi 40−50% ni tashkil etadi.
Modera Towers’da esa bugungi kunda bo‘sh maydonlar ulushi 20% dan oshmaydi, bu esa qayd etilgan bozor ko‘rsatkichidan kamida ikki baravar pastdir.
Raqamli boshqaruv va jarayonlarning shaffofligi
CBC kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri biznes-markaz boshqaruvini avtomatlashtirish bo‘ldi. Barcha asosiy jarayonlar, jumladan ijara, hisob-kitoblar, to‘lovlar, texnik xizmat ko‘rsatish va ijarachilarga xizmat ko‘rsatish kompaniyaning o‘z onlayn platformasiga o‘tkazildi.
Tizim operatsiyalarning shaffofligini ta’minlaydi va mulkdorga obyekt ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi.
Platforma kirishning uchta darajasini nazarda tutadi. Mulkdor ijarachilarning to‘lishi, to‘lovlari va murojaatlari to‘g‘risida ma’lumot oladi. Ijara menejeri bo‘sh maydonlarni, muzokaralarni, amaldagi shartnomalarni va ularni uzaytirish muddatlarini kuzatib boradi. Boshqaruvchi operatsion jarayonlarning butun majmuasini nazorat qiladi.
Ijarachilarning ehtiyojlar bo’yicha so’rovlarini ko‘rib chiqish uchun yagona “helpdesk” joriy etildi. Har bir murojaat tizimda qayd etiladi, mas’ul xodimga tayinlanadi va belgilangan ijro muddati bilan birga keladi.
Platforma qo‘shimcha ravishda property management va facility management yo‘nalishlari bo‘yicha sun’iy intellekt maslahatchilari bilan ham jihozlangan. Ular bino ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, muddati o‘tgan to‘lovlar, shartnomalarni uzaytirish muddatlari yaqinlashayotgani, xizmat ko‘rsatish standartlari (SLA) buzilishi hamda takrorlanuvchi texnik nosozliklarni aniqlaydi.
Bunday yondashuv yuzaga kelayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish, xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish va boshqaruvning qo‘lda bajariladigan jarayonlarga bog‘liqligini kamaytirish imkonini beradi.
“Bir yil avval Modera Towers endigina bozorga chiqayotgan yangi bino edi. Bugungi kunda u xalqaro boshqaruv standartlari asosida faoliyat yuritmoqda. Mulkdor qo‘ng‘iroqlarsiz va hisobotlarni kutmasdan, istalgan vaqtda o‘z binosida nima bo‘layotganini ko‘ra oladi. Biz binolarni shunchaki boshqarmaymiz, balki ularni boshqariladigan biznesga aylantiramiz”, -deya ta’kidladi Coldwell Banker Commercial Uzbekistan boshqaruvchi hamkori Andrey Melkumyan.
Infratuzilma va servislar
Ijarachilar hamda rezidentlar uchun infratuzilmani tashkil etish Modera Towers rivojining muhim qismiga aylandi.
To‘rtinchi qavatda CBC boshqaruvi ostidagi 400 dan ortiq ish o‘rniga mo‘ljallangan kovorking faoliyat yuritmoqda. Kompaniya kovorking rezidentlari va biznes-markaz ijarachilari uchun ish o‘rinlari, muzokara xonalari hamda bron qilish tizimi boshqaruvini ta’minlaydi.
Beshinchi qavatda World Class fitnes-klubi ishlab turibdi. Shuningdek, majmuada qahvaxonalar, yerosti avtoturargohi va zaxira elektr ta’minoti ko‘zda tutilgan.
Birinchi yil natijalari
12 oy ichida CBC Modera Towers’ning yagona tijorat va texnik boshqaruv tizimini shakllantirdi, obyektning bandligini 80% dan oshirdi va mulkdorga uning operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish vositalarini taqdim etdi. Modera Towers tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xalqaro boshqaruv standartlari raqamlashtirish bilan birgalikda ofis maydonlari taklifi ortib borayotgan sharoitda tijorat ko‘chmas mulki samaradorligini qanday oshiradi.
Modera Towers haqida
Modera Towers — ko‘p funksiyali majmua tarkibidagi A toifali biznes-markaz bo’lib, ushbu manzil bo‘yicha qad rostlagan: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 19-uy.
2024-yilning IV choragida foydalanishga topshirilgan. Umumiy maydoni — 15 800 m kv, ijaraga beriladigan maydoni — 11 850 m kv.
Infratuzilma to‘rtinchi qavatdagi kovorking, beshinchi qavatdagi “World Class” fitnes klubi, qahvaxona, yerosti avtoturargohi va zaxira elektr ta’minotini o‘z ichiga oladi.
Coldwell Banker Commercial Uzbekistan haqida
Coldwell Banker Commercial Uzbekistan" kompaniyasi “Coldwell Banker Commercial xalqaro tarmog‘i tarkibiga kiradi.
U 1906-yilda San-Fransiskoda shaffoflik, mas’uliyat va uzoq muddatli qiymat yaratish tamoyillari asosida tashkil etilgan tijorat ko‘chmas mulki sohasidagi global konsalting brenddir.
Bugungi kunda ushbu tamoyillar butun dunyo bo‘ylab ish uslubimizni belgilab beradi va Coldwell Banker Commercial Uzbekistan yondashuvini shakllantiradi.
Biz korporativ mijozlar, investorlar va ko‘chmas mulk egalariga maslahatlar berib, ularga murakkab hamda o‘zgaruvchan ko‘chmas mulk bozorlarida asosli qarorlar qabul qilishda ko‘maklashamiz.
Kompaniya “property management”, “facility management”, “brokerage”, “consulting & advisory” yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadi.
“CBC” kompanniyasi Toshkentda 35 000 m kv dan ortiq A toifasidagi tijorat ko‘chmas mulkini, jumladan, 400 dan ortiq ish o‘rniga mo‘ljallangan kovorking, ofislar va chakana savdo maydonlarini boshqaradi. Boshqaruv kompaniyaning shaxsiy texnologik platformasi orqali amalga oshiriladi.
Telefon:(+998) 99−953−05−03.
E-mail: info@cbcestate.uz
Sayt: cbcestate.uz
Reklama huquqlari asosida.