Hukumat qarori (362-son, 10.06.2021 y.) bilan Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizom 2021-yil 31-dekabrga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Shunga ko‘ra, subsidiyalar faqat talabgor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi.
Talabgor subsidiya olish uchun tegishli hujjatlarni tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga yozma va elektron shaklda taqdim qiladi.
Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari hujjatlarni 3 kun ichida o‘rganib chiqadi.
Hujjatlar talablarga muvofiq bo‘lsa, 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi va ular tomonidan tahlil qilinadi. Shundan so‘ng tahlillar 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
Jamg‘arma ularni 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqib, natijasiga ko‘ra subsidiyalar ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
Sholi yetishtiruvchilarga zamonaviy qurilmalardan foydalanganligi uchun davlat subsidiyalari taqdim etiladi
Joriy yilning so’nggiga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Foto: Livejournal
«Spot»
- 824
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 19:19 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 24 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
Bugun, 19:00 Ta'lim
Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob
Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
Bugun, 18:59 Iqtisodiyot
ILMA O‘zbekistonda savdo qilish mumkin bo‘lgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini tuzadi
Muomaladagi aktivlar hajmi agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Bugun, 18:55 Biznes
Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi da’volarini rad etdi
Nizo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq bo‘lgan. Investitsiyaviy arbitraj ishi 2021-yilda boshlanib, qariyb besh yil davom etdi.
Bugun, 18:38 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 40,93 so‘mga oshib, 12 014,37 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 17:25 Iqtisodiyot
Malakali investor maqomini kimlar va qanday olishi mumkin?
Jismoniy shaxslar fond bozori bo‘yicha test topshiradi, ayrim mijozlar esa bundan ozod etilishi mumkin.
Bugun, 17:00 Biznes
AI infratuzilma sohasida yil yakunlari: Servercore “IT palov” nomli flagman tadbir o‘tkazadi
24-noyabr kuni Toshkentda Servercore AI infratuzilma sohasida yil yakunlariga bag‘ishlangan flagman IT tadbirini o‘tkazadi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo biznesida SIni joriy etish, bulutli GPU’larning yangi turlari, infratuzilma barqarorligi va ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish masalalarini muhokama qiladi.
Bugun, 16:43 Biznes
Afg‘oniston O‘zbekiston bozoriga kartoshka yetkazib berishni boshladi
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha pilot loyiha Bomiyon viloyatidagi 17 gektar maydonni qamrab oldi va har gektardan 45 tonnagacha hosil olish imkonini berdi.