Jahon banki direktorlar kengashi “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun $100 million miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratishni tasdiqladi.

Jahon banki guruhi aʼzosi boʻlgan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi uni Oʻzbekiston hukumatiga juda past foizda va 30 yilgacha boʻlgan muddatga imtiyozli kredit shaklida taqdim etadi.

Ushbu dasturlar doirasida quyidagilar moliyalashtirilishi mumkin:

  • suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish va kengaytirish;
  • elektr infratuzilmasi va koʻchalarni yoritish, avtomobil yoʻllari, piyodalar va jamoat transporti zonalarini modernizatsiya qilish;
  • jamoat binolari energiya samaradorligini oshirish;
  • jamoat joylarini, bogʻlarni, koʻchalarni va ularning tegishli infratuzilmasini rekonstruksiya qilish;
  • tegishli aholi punktlari hududida madaniy meros obyektlarini saqlab qolish boʻyicha restavratsiya ishlarini olib borish.

Loyiha yangi komponenti boʻyicha tadbirlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining alohida oʻrta shaharlarini qamrab oladi. Mamlakat ushbu qismidan loyihada ishtirok etadigan shaharlar yakuniy roʻyxati viloyat va shahar ijro hokimiyatlari bilan maslahatlashuvlar tugaganidan soʻng keyingi 6 oy ichida tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari va imkoniyatlari hisobga olinadi.